Serial kostyum dizayneri bu haqda gapirdi
«Kalmar o’yini» serialida rol ijro etgan aktyorlardan tortib ko’rsatilgan mayda detallar ham tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo’lgan. Quyida serialdagi liboslarning yaratilishi haqida ma’lumot beriladi.
Serialdagi ishtirokchilarning yashil rangdagi sport kiyimida yurishi, qo’riqchilarning yorqin qizil rangdagi kombinezon kiyishi va niqoblar taqishi, o’yin tashkilotchilarining qora, oltin rangli libos kiyishi, barchasi dizaynerlarning g’oyalari orqali amalga oshirilgan. Serial kostyumlarining dizayneri Cho Sang Kyun bu haqda ma’lumot berdi.
«Kalmar o’yini’ning ssenariysi meni shunchalik maftun qildiki, uni bir o’tirishda o’qib chiqdim. Shuning uchun men serial tomoshabinlarda xuddi menda bo’lgani kabi boshqacha taassurot qoldirishini xohladim. Netflix platformasida ko’plab loyihalar namoyish etiladi, shuning uchun men Kalmar o’yini’ afishasi tomoshabinlarni jalb qilishni xohlardim. Men ularning alohida tasvirlanishini istar edim va shuning uchun qahramonlarni odatda maktab qarshisidagi do’konlarda sotiladigan mos sport kostyumlaridek bo’lishiga qaror qildim. Yoshligimizda biz ko’pincha yashil rangda kiyinardik va men yashil rang namoyishga ko’proq mos keladi deb o’yladim. Yana bir afzalligi bu rangda qon aniq ko’rinadi», — deydi kostyum dizayneri.