Og’ir vaznli o’zbek bokschisi Lazizbek Mullajonov bugun, 27 fevral kuni bo’lib o’tgan final jangini g’alaba bilan yakunladi va O’zbekiston delegatsiyasi hisobiga oltinchi oltin medalni taqdim qildi.
Bu haqda O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi xabar bermoqda.
Quyida jamoaning «Stranja-2022» musobaqasida qo’lga kiritgan medallari bilan tanishing.
Oltin medallar:
-51 kg: Hasanboy Do’smatov;
-57 kg: Abdumalik Xalakov;
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov;
-80 kg: Odiljon Aslonov;
-92 kg: Madiyar Saidrahimov;
+92 kg: Lazizbek Mullajonov;
Bronza medali:
-52 kg: Tursunoy Rahimova.
Izohlarni ko`rish