1. «Dollar» atamasi «taler» (thaler) so’zidan kelib chiqqan. O’z o’rnida dollar atamasining to’liq ko’rinishi «ioaximshtaler» (Joachimsthaler) so’zidan iborat bo’lgan. Ioximshtal Bogemiyadagi kumush konining nomi hisoblanadi.
2. Makedoniyalik jurnalist, reportyor Vlado Taneski jinoyat olamidagi hodisalarni yoritgan. Ammo o’zi seriyali qotil bo’lgan. Ko’pincha o’zi sodir etgan jinoyatlarni qog’ozga o’ragan holda yoritib kelgan. Politsiyachilar baribir kunlarning birida xuddi o’sha materiallaridan biriga asoslangan holda tekshiruvlar olib borishdi. Ko’ribsizki, maqolaning bosh qahramoni jurnalistning o’zi bo’lib chiqdi.
3. Qozog’istondagi Kalachi qishlog’idagilar uyqu kasalligidan azob chekishadi. Vaqti-vaqti bilan uyquga ketishadi-yu, bir haftagacha uyonishmaydi. Mutaxassislarning aytishicha, qishloq osmonidagi radiatsiya va gazlar me’yordan oshmaydi. Shu kunga qadar hech bir olim yo mutaxassis uyqu xastaligining asl negizini topa olmagan.
4. Gongkong va Yaponiyadagi uysizlar tez-tez «Makdonalds» restoranlar tizimi tashkil etadigan «Doimo ochiq eshiklar» tadbiridan unumli foydalanishadi. Ham tunashga joy bor, ham ochdan o’lishmaydi. Ularni xalq orasida «Makqochoqlar» deb atashadi.
5. E’tibor berganmisiz? Kabutarning bolasi dunyoga kelgach, 30 kungacha indan chiqmaydi. Chiqqanda esa xuddi ota-onasi kabi kattagina kabutar shaklini olib ulgurgan bo’ladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi