JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Odam asab tolalarining umumiy uzunligi 75 kilometrga teng.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

2. Bizning yuragimiz 220-260 gramm vaznga ega.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

3. Qadimiy Misr tabiblari bemorlarni begemot siydigi yordamida davolashgan. Qadimiy Gretsiya vrachlari esa shprisni hayvonlar siydik pufagi hamda qush patlaridan tayyorlashgan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

4. Odamning ko’zi qorong’ilikka bir soat davomida ko’nikadi. Ammo buning xavfli jihati bor. Qorong’ilikdan so’ng yorug’lik ko’zlarga jiddiy ziyon yetkazib qo’yishi mumkin.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

5. Miyamizga yetib keladigan har bir xabar soatiga 360 kilometr tezlikda harakatlanadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

6. Dunyodagi har 20- odamning tanasida qo’shimcha qovurg’asi bor. Bu zahira qovurg’a deb yuritiladi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

7. Avstraliyada 10 000 tadan ortiq plyaj bor. Har kuni har xil plyajga qatnash mumkin. Buning uchun 27 yil zarur bo’ladi. Lekin shunda ham plyajlarning hammasiga borishga ulgurmaysiz.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

8. Qahva ishqibozlari hayoti davomida tish do’xtiriga boshqalarga nisbatan yuz barobar kamroq qatnaydi. Sababi, qahva og’iz bo’shlig’idagi zararli bakteriyalarni tishga yaqinlashtirmaydi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

9. Toshbaqalar ham qutqaruvchilikda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan sira qolishmaydi. Masalan, 1969 yili Karib dengizida harakatlanayotgan kemalardan birining yo’lovchisi suvga tushib ketgan. Shunda unga toshbaqa yordamga kelgan. Yo’lovchi toshbaqaga osilgan holda sohilga eson-omon chiqib olgan. Unga hech narsa xavf solmayotganiga amin bo’lgach, toshbaqa ochiq dengizga qaytgan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

10. 2004 yili Vashingtonda behush yotgan ayiqni uchratishgan. Uning yonida yuzlab og’zi ochiq pivo idishlari qalashib yotardi. Ma’lum bo’lishicha, ayiq o’ziga ta’mi ma’qul pivolarni tanlagan-u, bo’kib ichgan. Keyin hushini yo’qotgan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

Olimjon HAYIT tayyorladi