1. Agar Xitoy aholisi bir safga turgan holda yoningizdan o’ta boshlasa, bu saf hech qachon tugamaydi. Chunki yoningizdan bir nafar xitoylik o’tganda, ikki nafar chaqaloq tug’ilib ulguradi.
2. Gretsiya milliy madhiyasi 158 ta kupletdan iborat. Shuning uchun bo’lsa kerak, bironta ham gretsiyalik madhiyani oxirigacha yod bilmaydi.
3. Dunyodagi eng qisqa vaqt davom etgan urush sifatida Zanzibar-Angliya urushi e’tirof etiladi. Bu urush 1896 yili boshlanib, atigi 38 daqiqa davom etgan. Zanzibar mag’lubiyatini tan olgan.
4. Agar odam 8 yil tinimsiz baqirsa, tovushidan ajralib chiqqan energiyaga bir chashka qahva qaynatib ichsa bo’ladi.
5. Qaynoq suv sovuq suvga nisbatan tezroq muzlaydi.
6. Alfred Xichkok kindiksiz tug’ilgan ekan.
7. Odamzod umrining 6 oyini svetoforning qizil chirog’ida turib o’tkazadi.
8. Agar boshni devorga to’xtovsiz urib turilsa, har soatda organizmda 150 tadan kaloriya ko’kka sovurilarkan.
9. Misrda uyning tomiga alohida soliq belgilangani bois odamlar tomsiz uy quradigan bo’lishgan.
10. Stegozavr dunyodagi eng aqli kalta jonivor hisoblangan. Chunki vazni 3 tonnaga teng bo’lsa-da, miyasi yong’oqdaygina bo’lgan xolos.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit
Manga yoqdi judayam qiziqarli faktlar bor ekan
Menga juda yoqdi qiziqarli ajoyib õzgacha faktlar ekan….