* * *
Kakku parranda grippi bilan og’rigandi. Bir ayol sumka ko’tarib o’tib qoldi.
Kakku:
— Xolajon, siz mabodo veterinar emasmisiz? Men yana qancha yashayman?
* * *
Xasis uyining tomini yopayotgandi. To’satdan pastga quladi. Oynasi ro’parasidan uchib yerga tusharkan, xotiniga qichqirdi:
— Xoti-in, ovqatni bir kosaga kamroq tayyorlagi-in!..
* * *
80 yoshli chol-kampirdan so’rashdi:
— Shuncha vaqt birga yashashga qanday erishdilaring?
Xotin:
— To’ydan so’ng erim xotinboz ekanini bilganim uchun «U teri kasalligi bilan og’rigan» degan mish-mish tarqatdim va 60 yil tinchgina yashadim.
Er:
— Men oltmish yil shu narsaga hamma ishondi deb xotinimni aldab keldim.
* * *
Chaqiruv komissiyasida.
— Xo’sh, chaqiriluvchi, qo’lingdan nima ish keladi? Ha-a, suvda piyoda yura olasanmi? Sen dengiz piyoda askarlari safida xizmat qilasan.
* * *
Yosh kelinlarga foydali maslahat:
— Agar to’ydan so’ng kuyovning qarindoshlari sizga yoqmaydigan idish-tovoqlar hadya etishsa, tashlab yuborishga shoshilmang! Oilaviy hayot shunday asabiy bo’ladiki, bir kun asqotib qolishi mumkin.
* * *
Ayol dugonasiga dedi:
— Qaynonam kir yoyayotib balkondan pastga qulab tushdi.
— Qanday yaxshi!
— Bu nima deganing? Bu sen uchun yaxshi. Men qattiq qayg’udaman.
— Nega?
— Chunki sen oltinchi qavatda yashaysan. Men jinni yaqinda birinchi qavatga ko’chib o’tgandim.
* * *
— Dugonajon, nega meni hammaning oldida jinni deding?
— Voy, kechir, boshqalardan yashirishingni bilmabman!
* * *
Qiz dugonasiga arz qilyapti:
— Kecha sevgan yigitim bilan uchrashuvga chiqsam, u menga so’lib qolgan gul sovg’a qildi.
— Sen uchrashuvga o’z vaqtida borishga harakat qilgin-da!
* * *
Erkak tug’ruqxona eshigi oldida turgancha bezovtalanardi. Nihoyat hamshira qora tanli chaqaloqni ko’tarib chiqdi. Erkak dahshatdan nima qilishni bilmay hayqirdi:
— Men xotinimdan buni kutmagandim! Yaramas, uyda ovqatni tagiga oldirgani yetmay, bolaniyam kuydirib yuboribdi-ya!
* * *
Ota o’g’lidan so’radi:
— Zoologiyadan a’lo baho olibsanmi?
— Ha.
— Qaysi savolga javob berding?
— Ustozim tuyaqushning oyog’i nechtaligini so’radi.
— Nima deb javob berding?
— Tuyaqushning oyog’i uchta dedim.
— To’xta, tuyaqushning oyog’i ikkita-ku!
— Hamma gap shunda-da! Boshqalar tuyaqushning oyog’i to’rtta deb javob berishdi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit