Xotin kurortdan turib, eriga qo’ng’iroq qildi.
— Mushugim qalay?
— Mushuging o’lib qoldi.
— Hoy, baraka topkur, shu xabarni sal chiroyliroq, madaniyatli odamlardek aytsangiz ham bo’ladi-ku!
— Qanday qilib?
— Masalan, mushuging tomda o’tirgandi, bexosdan pastga qulab tushdi, desangiz.
— Xo’p!
— Xo’sh, oyijon qalay?
— Qaysi biri?
— Mening oyim qalay, deb so’rayapman?
— Tomda o’tiribdi.
***
Chiroyli bir qiz dugonasiga telefon qilib dedi:
— Voy, dugonajon, boshimga katta kulfat tushdi!
— Nima bo’ldi, tirnog’ingni sindirib qo’ydingmi, a?
— E-e, yo’q! Erim reanimatsiyaga tushib qoldi.
— Eringning rangi-ro’yi yaxshi edi-ku, nima biror kasali bor ekanmi, a?
— Dugonajon, to’g’risini aytsam, o’zim ham tushunmay qoldim. Xullas, erimni ishxonasida qanaqadir raqamlarmiey, sonlarmiey, ishqilib, nimadir urib ketibdi.
— Qanaqa raqamlar, qanaqa sonlar?
— Bilmadim, adashmasam, 220 deyishganday bo’ldi…
***
— Azizim, meni sevasizmi?
— Nima? Boshqa variant ham bormi?..
***
Tinchgina ingliz shaharchalaridan biri. Yo’lda bir mashina soatiga 25 mil tezlik bilan kelmoqda. Politsiyachi mashinaga yetib oldi-da, ulovni to’xtatdi. Mashinada yoshi bir joyga borib qolgan to’rt ayol bo’lib, barchasining rangi oqarib ketgan, yuzlarida qon yo’q edi.
— Nimaga mashinani bunchalik sekin haydayapsiz? — deb so’radi politsiyachi.
— Nimaga endi sekin bo’larkan? Biz yo’l belgilarida ko’rsatilgan tezlik bo’yicha ketyapmiz.
— Ammo bu ruxsat berilgan tezlik emas, balki shossening raqami-ku! Undan keyin nima uchun dugonalaringizning rangi oqarib ketgan? Ular nimadan bunchalik qo’rqishdi?
— O! Xavotir olmang, ular bir pasda o’zlariga kelib qolishadi. Shunchaki biz bundan avval «ikki yuz» deb yozilgan shossedan yurgan edik…