JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

 

 

1. Ona kit bolasini emizish uchun bor kuchini to’plab kuchangan holda siynasidagi sutni otilib chiqishga majbur etadi. Sut kelgach, yana bor bo’yini ishga solib jajji kitning og’ziga tutadi. (Jajji deya baholanadigan kit bolasining uzunligi 10 metr keladi) Kitning suti odamnikiga nisbatan 10 barobar yog’liroq. Kit bolalari shuning uchunmi kuniga 90 kilodan vazn to’playdi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

2. Kabutar ming kilometrlab havoda parvoz qila oladi. Shunda ham manzilni aniq topib boradi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

3. Yevropaliklar jirafani ilk bor ko’rganda, u tuya va leopard gibridi deb o’ylab, uni «tuyapard» deb atashgan ekan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

4. Ilonlar hech narsa yemasdan uch yil qatorasiga uxlay oladi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

5. Begemotlar o’z farzandini suv ostida dunyoga keltiradi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

6. Orangutang qarindoshlarini yaqinlashib kelayotgan xavfdan baland ovozda kekirish orqali ogohlantiradi. Afrikadagi ba’zi davlatlar tilida Orangutang so’zi «changalzorlik odam» ma’nosini berarkan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

7. Sherlar oilasida har 10 ta o’ljaning to’qqiztasini urg’ochisi ovlab keladi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

8. Echkining ko’z qorachig’i to’rtburchak bo’ladi. Ba’zi tuyoqli jonivorlar ko’z qorachig’i esa yurak shaklida bo’larkan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

9. Akula o’z o’ljasiga hujum qilganda, ko’zlarini yumib oladi. Bu ishni u o’lja ko’zlariga ziyon yetkazib qo’ymasligi uchun amalga oshirarkan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

10. Bo’rilar o’ljani qo’lga kiritish niyatida bir kunda yuz kilometrlab yo’l bosishi mumkin. Har bir ona bo’ri o’rtacha 5-6 tadan bola tug’adi. Bo’ri erkagi bir kunda 10 kilogrammgacha go’sht yeya oladi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

tvoyrebenok. ru

Olimjon HAYIT tayyorladi