1. Karamning 91 foiz qismi suvdan iborat.
2. Chaqmoq boshqa daraxtlarga nisbatan eman daraxtini yuz karra ko’proq uradi.
3. Dunyodagi eng qimmat muzqaymoq Nyu-Yorkdagi restoranlardan birida sotiladi. Bu muzqaymoq 1000 dollar turadi va uni tilla suvi yugurtirilgan qoshiq yordamida yeyiladi.
4. Immunitetning odam uchun qanday ahamiyatli jihati borligi haqida 18 asrda bosh qotira boshlashgan. 19 asrga kelib mutaxassislar mikroorganizm xastalik rivojlanishi uchun asosiy sababchi ekanini tushunib yetdi. Immunitet esa xuddi shu mikroorganizmlarga qarshi kurashishi aniqlandi.
5. Shveysariyada bolalar maktabga 4 yoshdan chiqishadi. Chorshanba, shanba, yakshanba maktablar uchun dam olish kuni hisoblanadi.
6. Odam terisining bir kvadrat santimetri yuzlab og’riq nuqtalariga ega.
7. Gruzinlarda qiziq odat bor. Agar siz gruzinnikiga mehmon bo’lib borsangiz va me’yordan ko’p sharob ichib qo’ysangiz, bemalol politsiyaga qo’ng’iroq qilib, ichganingiz, hozir mashina ruliga o’tirsangiz, halokat sodir bo’lishi mumkinligi haqida ogohlantira olasiz. Shundan so’ng politsiyachilar siz aytgan manzilga kelib o’zingiz va mashinangizni manzilga bepul eltib qo’yishadi.
8. Janubiy Afrika dunyoda birinchi bo’lib ko’mirni qayta ishlash natijasida benzin yoqilg’isini olgan. Chunki bu mamlakatda ko’mir konlari yetti metr chuqurlikda joylashgan. Shu sababli shaxtalar qurib ovora bo’lishning sira hojati yo’q.
9. Ayiqlar go’sht va ko’k o’tni baravar yeya oladigan yagona mahluqdir. Shuning uchunmi, ularning go’sht uchun alohida, ko’k o’tlar uchun alohida tishlari bor.
10. Gavay orollarda ilgari akula tishlari bilan bezalgan maxsus ayollar qo’lqopi bo’lgan. Ayollar bu qo’lqopni begona erkaklar nomusiga tegmasligi uchun kiyib yurishgan.
akul. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi