Kunni kulgi bilan boshlang!

Restoranda. Mijoz ofitsiantga dedi:

— Menga qahva bilan tamaki keltiring!

— Aralashtiraymi yo aralashtirmaymi?

***

— Menga qarang, nega soyabon ko’tarib oldingiz?

— Yomg’ir yog’ib qolishi mumkin.

— Vey, men xonada o’tirib yomg’irdan qo’rqadigan odamni birinchi ko’rishim.

— Men yomg’irdan qo’rqmayman. Chunki mening soyabonim bor.

***

Shahar gaz tarmoqlari idorasiga 80 yashar kampir qo’ng’iroq qilib dedi:

— Bolam, bu nimasi? Ertalabdan beri gaz plitamning qulog’ini burayapman-burayapman, gaz yonmayapti-ku!

— Xola, siz gugurt chaqqanmidingiz?

— Voy, esim qursi-in! Unutibman-ku! Hozir gugurt chaqaman!

***

80 yoshli qariya 60 yoshli tanishiga dedi:

— Eshitdingmi? Qiyomat qoyimni 2039 yilga ko’chirishibdi!

— Yaramaslar! Ungacha yetib borolmayman-ku!