JIGAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Jigar inson organizmidagi yurakdan keyingi asosiy a’zo hisoblanadi. Jigarning sof vazni 1, 5 kilogrammga teng.

2. Jigar organizmda 500 dan ortiq vazifani bajaradi. Shu jumladan, u odam tana harorati me’yorda bo’lishini nazorat qiladi.

3. Homila 8-10 haftalik bo’lganda, jigari vazni umumiy tana vaznining teng yarmini tashkil etadi.

4. Jigarda bir milliondan ortiq kimyoviy reaksiyalar sodir bo’ladi. Uni behudaga filtr, yoki «kimyoviy zavod» deb atashmaydi. U odam organizmi, hayoti uchun xavfli bo’lgan barcha zaharli moddalarni ichga yutadi, shu yo’l bilan bizga sog’lom turmush tarzini belgilab beradi.

5. Agar jigarimiz bo’lmasa, oddiy suv, sutdan ham zaharlanib, o’sha zahoti o’lib ketardik.

6. Jigar biz uchun muhim bo’lgan A, D, V12 vitaminlarini zahirada saqlaydi.

7. Jigar bilan bog’liq 50 dan ortiq xastalik bor. Bu xastaliklar noto’g’ri ovqatlanish, spirtli ichimlik, asab tizimi izdan chiqishi oqibatida yuzaga keladi.

8. Har yili dunyoda 8000 ming bemorning jigari transplantatsiya qilinadi.

9. Jigar organizmdagi moddalar almashinuvi, qon aylanish jarayonida faol ishtirok etadi.

10. Jigarning 25 foiz butun qismi qolgan bo’lsa ham, oradan ma’lum vaqt o’tib dastlabki hajmga qayta oladi. Tibbiyotda jigar o’zini o’zi qayta tiklay oluvchi yagona a’zo hisoblanadi.

11. Afrikada ayollarga noma’lum sabablarga ko’ra jigar iste’moli taqiqlab qo’yilgan.

12. Kavkazdagi lezginlar jigar va burgutni bitta nom bilan atashadi. Ular qadimda olamdan o’tgan odamning jigarini sug’urib olib burgutga yedirishgan. Chunki odamning ruhi yurakda emas, jigarda, u o’lgach, ruh qush tanasiga o’tadi deb hisoblashgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi