G’arbiy Qozog’iston viloyatidagi avtomobil yo’llarining holati o’ta yomonligicha qolmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev hudud jamoatchiligi bilan uchrashuvda fikr bildirgan.
Informburo xabariga ko’ra, davlat rahbari hozirgi vaqt bu hududdagi avtoyo’llarning 70 foizi qoniqarsiz holatda ekanini ta’kidlab, mamlakat hukumati va mahalliy hokimiyat mutasaddilariga tegishli topshiriqlar bergan.
Bu xabarni o’qish mobaynida o’zimizning avtomobil yo’llari ham beixtiyor ko’z oldimga keldi. Ayniqsa, dovon orqali viloyati tomon yo’lga chiqqan yo’lovchilar haydovchilarning «yamaga tushib» boloxonador qilib so’kinishlariga ko’p bor duch kelishadi. Zora mana shu yo’llarga ham mutasaddi tashkilotlarning nazari tushib, tuzalsa…
Izohlarni ko`rish