BILASIZMI… «Ahmoqona qarorlar» turkumidan.

 

 

QUYoShNING QONUNIY EGASI

 

Ispaniyalik Anxeles Dyuran ismli ayol o’zini Quyoshning yagona xo’jayini deb e’lon qildi. Nafaqat e’lon qildi, balki notariusga borib, qonuniy tarzda bu qarorini hujjatlashtirib qo’ydi. Dyuranning fikricha, endi rivojlangan davlatlar Quyoshga egalik qila olishmaydi. Ayol buni qat’iyan taqiqlaydi.

Quyoshga egalik kilish g’oyasini esa Dyuran amerikalik bir ayol o’zini Oyning egasi deb e’lon qilgach o’ylab topibdi.

Bu ham hammasi emas. Dyuran bundan buyon Quyoshdan foydalanadiganlarning barchasidan soliq olishga haqli ekan.

Notarius tasdiqlagan hujjatda haqiqatan «A. Dyuran Yerdan 149 mln 600 ming km uzoqlikdagi Quyosh sayyorasining qonuniy egasi» deya ta’kidlangan.

Dyuran aytdiki, Quyoshdan foydalanganlik uchun oladigan soliqning 50 foizini davlatga to’laydi. 20 foizini pensiya jamg’armasi, 10 foizini ilmiy tadqiqot markazlariga, yana 10 foizini ochlikdan azob chekayotganlarga taqdim etarkan. Qolgan 10 foizini esa o’zida qoldirarkan.

Olimjon HAYIT tayyorladi