Istanbulning mashhur “Otaturk Madaniyat Markazi” 

Ko’krak bezi saratoni oyi uchun pushti rangga burkanadi.

 

“Otaturk madaniyat markazi” (AKM) ko’krak bezi saratonining erta tashxisiga e’tiborni oshirish uchun 3 kun davomida pushti rangli nur bilan yoritilgan. Taksim maydonida joylashgan Istanbulning “San’at va madaniyat” markazi Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti” tomonidan e’lon qilingan ko’kprak bezi saratoni haqida xabardorlik va ogohlik oyini qo’llab-quvvatlash uchun 15 oktyabrga qadar pushti rangga burkanadi. Taksim maydoniga har kuni millionga yaqin odam tashrif buyuradi.

Loyiha haqida gapirgan “Otaturk madaniyat markazi” Bosh san’at direktori  Remzi Buxarali: “San’at o’zining ta’sir kuchi bilan har tomonlama ommaning ongini oshiradi. “GE Health Care” shirkati tashabbusi bilan biz ayollar salomatligi uchun muhim bo’lgan ko’krak bezi saratoniga erta tashxis qo’yishga e’tiborni qaratish o’ta muhimligiga urg’u berish uchun “AKM” ning ramziy binosini pushti rang bilan yoritamiz. Pushti chiroqlar san’at tomoshalaridan bahramand bo’lish uchun kelgan va Taksim maydoniga tashrif buyurgan odamlar uchun o’ziga xos eslatma bo’lib hizmat qiladi.”

Ko’krak bezi saratoni 30 % ayollarda eng ko’p uchraydigan saraton turidir, har 8 ayoldan 1 nafari uchun xavf tug’diradi. Shunga qaramay, bu erta tashxis qo’yish bilan bir vaqtning o’zida oldini olish va davolash mumkin bo’lgan kasallik turi hisoblanadi. Shu sababli, “Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti” oktyabr oyi “Ko’krak bezi saratoni haqida xabardorlik va ogohlik oyi” deb e’lon qilinganidan beri ko’krak bezi saratoni to’g’risida ogohlikni oshirish uchun dunyo bo’ylab tadqiqotlar olib bormoqda. Turkiyaning eng muhim madaniyat va san’at muassasalaridan biri hisoblangan “AKM” ayollar salomatligi uchun muhim masalaga e’tibor qaratish maqsadida 3 kun davomida pushti rangda yoritiladi.