Rossiyada bitkoin qazib olishdan tushgan daromad 2017 yildan 2021 yilgacha 18 baravar oshdi, deb yozadi RBK Intelion Data Systems hisobotiga tayanib.
To’rt yil ichida bu ko’rsatkich 2017 yildagi yetti milliard rubldan 2021 yilda 128 milliardga ko’tarildi. Biroq joriy yilning sakkiz oyida daromad 57 milliard rublgacha qisqardi.
Avvalroq Rossiyada bitkoin ishlab chiqaruvchilar besh yil ichida 20 barobar ko’p energiya sarflay boshlagani ma’lum bo’lgan edi. Mamlakatdagi kriptovalyuta qazib olish sanoati qishloq xo’jaligi kabi ko’proq elektr energiyasini iste’mol qiladi.
Izohlarni ko`rish