– Men hech qachon davlat o’z xalqiga nisbatan bu darajada odob chegaralarini buzib, hurmatsizlik qiladi deb o’ylamagandim, hozir buni tasavvurimga ham sig’dira olmayapman. Davlat telekanallaridan bu qadar katta miqdordagi qahr-g’azabning toshib chiqishi, ha, targ’ibot emas, aynan xusumat va qahr-g’azabning tarqalishiga aql bovar qilmaydi. Sizlarning (Rossiya rahbarlariga murojaat qilmoqda. Tarjimon) mamlakat taraqqiyotini to’xtatishga mutlaqo haqingiz yo’q, yosh avlodning bo’yniga sirtmoq tashlashga ham haqdor emassiz! Taajjublansangiz ham, ajablanarli bo’lsa-da, aytaman: qalbimda Putinning taqdiriga chuqur achinish bor. Bu gaplarni aytish menga qanchalik og’ir…
Aleksandr Sokurov, rus kinorejissyori.
Jaloliddin Safoyev tarjimasi
Izohlarni ko`rish