Osiyo va Yevropaning uchrashish nuqtasi bo’lgan Istanbul shaharning noyob port inshooti – Galataport Istanbul bilan kruiz turizmida markaziy o’rin tutadi. Qorako’ydagi yangilangan ushbu tarixiy port Istanbulni tez rivojlanayotgan turizm segmenti uchun muhim manzil sifatida dunyo e’tiboriga havola qilinmoqda.
Kruiz turizmi dengizga asoslangan turizm toifasiga kiradi. Kruiz turizmida kema bortida tashkil etilgan turli tadbirlardan tortib, portga va unga tutash joylarga tashrif buyurish va xarid qilish kabi faoliyatlar amalga oshiriladi.
Sakkiz ming kilometrdan ortiq qirg’oq chizig’iga ega Turkiya juda go’zal sayohat bekatlari va O’rta Yer dengizi havzasining sevimli portlariga mezbondir. Turkiyaning yirik kruiz turizmi markazlaridan biri bo’lgan Istanbul va uning asosiy porti Galataport Istanbul, gastronomiyadan xarid qilishgacha, san’at va madaniyatdan tarixgacha, maxsus va xilma-xil sayohat tajribalarini qidirayotgan sayohatchilarning e’tiborini tortadi.
O’tgan yili Galataport Istanbul 150 ga yaqin kema va 350 000 yo’lovchi va ekipaj a’zolarini qabul qildi. Kruiz turizmidagi yuksalishini ko’rsatgan Istanbul, ko’plab kruiz yo’nalishlari va turli sig’imli kemalar tomonidan uy porti sifatida belgilangan.
Galataport Istanbul, uy porti sifatida O’rta Yer dengizi havzasidan Qora dengizgacha bo’lgan keng geografiyada kruiz turizmiga katta turtki berib, mintaqa va mamlakat turizmi hamda iqtisodiyotiga katta hissa qo’shdi. 2014 yilda port hududi qabul qilinganda asosiy port faoliyati 15% bo’lgan bo’lsa, Galataport Istanbulni uy porti sifatida ishlatgan kemalar ulushi hozirda 50% ga ko’tarildi va bu ko’rsatkichni yanada oshirish uchun harakatlar davom etmoqda.
Istanbul qadimiy sardobalaridan ilhomlangan birinchi yer osti kruiz terminali
Dunyo bo’ylab shunga o’xshash loyihalarni ilhomlantirgan Galataport Istanbul 29 000 m² yer osti kruiz terminaliga ega bo’lib, kruiz turistlariga qulay va xavfsiz sayohat tajribasini va’da qilmoqda. Red Dot Design mukofotiga sazovor bo’lgan yer osti kruiz terminali zamonaviylik va madaniy meros bir-biriga mos keladigan dizayni bilan hayratda qoldiradi. Ichki makonda Rim va Vizantiya imperiyalariga oid Istanbulning eski sardobalarining tarixiy arxitekturasi va xarakteriga ishora qiluvchi ob’yektlar mavjud.
Bosforning yuragida g’ayrioddiy tajribalar
Barcha turdagi kruiz kemalari va profillarini qabul qilish uchun mo’ljallangan Galataport Istanbul, Karako’yning qoq markazida, qirg’oq bo’yi bo’lib, hududning tarixiy va madaniy tuzilishi bilan to’ldirilgan sayr marshrutini taqdim etadi. Bundan tashqari, keng ko’lamli majmuada turk va xalqaro oshxonalari, yuqori darajadagi savdo va san’at markazlari, yopiq va ochiq ko’rgazmalar mavjud.
Galataport Istanbul Jonli Karako’y mahallasida joylashgan bo’lib, Ayasofiya Ulug’ jome masjidi, Moviy masjid, Topkapi saroyi va Yerebatan Sardobasi kabi mashhur inshootlarga mezbonlik qiladi. Kapali Charshi, Ziravorlar Bozori, Galata qal’asi, Taksim maydoni va Dolmabahche saroyi ham portga yaqin.
Galataport Istanbul majmuasida, shuningdek, “Mimar Sinan Go’zal san’atlar universiteti”ning Istanbul rasm va haykaltaroshlik muzeyi va bu yil yana mehmonlarni qabul qilishni boshlaydigan yangi Istanbul Modern muzeyi mavjud. Ikkala muzey ham turk va xalqaro san’at asarlarining ajoyib kolleksiyalari bilan mashhur.
XIX asrda Sulton Abdulmajid tomonidan qurilgan va Galataport Istanbul loyihasi doirasida qayta tiklangan Tophane soat minorasi vaqt va o’zgarish kuchini ifodalovchi maydonning markaziy qismidir. 14,000 m² Soat minorasi maydonida yil davomida jonli ijrolar, maxsus ochiq ko’rgazmalar, madaniy tadbirlar va Beyog’lu madaniyat yo’nalishi festivali kabi xalqaro festivallarga mezbonlik qiladi.