– Tuya sutining saraton va oq qon kasalligini davolashda yordam berishi ilmiy jihatdan tasdiqlangan. Ehtimol, bu xususiyati uning tarkibida tanadan saraton rivojlanishini rag’batlantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashga yordamlashadigan moddalar mavjudligiga bog’liq.
– Tuya sut sil, oshqozon yarasi va oshqozon-ichak trakti bilan bog’liq boshqa muammolarni davolashda ishlatiladi. Ushbu mahsulotni oshqozon osti bezi, jigar va ichak muammolari mavjud bo’lganda qabul qilish tavsiya etiladi.
– Tuya sutini qandli diabetdan aziyat chekadigan bemorlar qondagi qand miqdorini saqlab turish uchun iste’mol qilishlari mumkin. Shifokorlar kunlik miqdorni 500 mililitrdan oshirishni tavsiya etmaydilar.
– Tuya suti muqobil tibbiyot sohasida keng qo’llaniladi. Misol uchun, jigar sirrozida tuya suti bilan davolanash buyuriladi. Buning uchun 1 litr sutga olti choy qoshiq yaxshilab ezilgan zira nisbatida aralashma tayyorlanadi. Kuniga 100 ml`dan 21 kun qabul qilinadi. Sut qabulidan keyin ikki soat davomida ovqatlanish yoki biron suyuqlik ichish tavsiya qilinmaydi. Davolanish kursi tugagach, bir oy tanaffus olish kerak, so’ng yana takrorlash mumkin.
– altsegeymer kasalligida bemorlarga xotirani yaxshilash, yaxshiroq uxlash, jismoniy faollikni oshirishda yordam beradi. Autizmda organizmda antioksidant fermentlar va ta’siri shunga o’xshash bo’lgan moddalar darajasini o’zgartiradi, oksidlanishli stress oqibatlariga qarshi kurashadi.
SoglomHayot