Qozog'istonlik bokschi Bahodir Jalolov bilan jang qilishdan bosh tortdi

Hozircha Kamshibek Konkabayev nima sababdan bunday qarorga kelgani noma’lum.

Shu tariqa jang o’tkazilmadi va Bahodir to’g’ridan to’g’ri keyingi bosqichga yo’l oldi.

Eslatib o’tamiz, o’zbekistonlik bokschilar Bolgariyadagi “Stranja” xalqaro turnirida qatnashmoqda.