Mustaqillik asoschisi veb saytida O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga haydovchilik qilgan G’ulomjon Hakimjonov xotiralari e’lon qilindi.
«Men 1999 yildan, 20 yoshimdan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov va u kishining oila a’zolariga haydovchilik qilganman. U kishi muttasil ishlar, xalq bilan uchrashar edi, ammo charchoq nima ekanini bilmas edi.
Islom Abdug’aniyevich olijanobligi, mehribonligi, talabchanligi va insoniyligi bilan nafaqat mening, butun O’zbekiston xalqining yuragidan joy olgandi. Men o’zim u kishidan odamiylik, oqko’ngillik, isrofdan yiroq bo’lish va boshqa ko’plab fazilatlarni o’rganganman.
Birinchi Prezidentimiz qo’l ostidagi insonlarga shu qadar e’tiborli, g’amxo’r ediki, u kishi hatto farzandlarim nechanchi sinfda o’qishigacha yodda tutar edi. Men ana shunday ulug’ insonga xizmat qilganimdan faxrlanaman», – deydi asosiy avtoulov haydovchisi G’ulomjon Hakimjonov.
mustaqillik-asoschisi.uz
loading…