Joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida o’zbekistonliklar va chet el fuqarolari o’rtasida jami 2113 ta nikoh qayd qilingan.
Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko’ra, 1272 nafar o’zbekistonlik qizlar xorijiy mamlakat fuqarolariga turmushga chiqqan va 937 nafar xorijiy mamlakat fuqarosi bo’lgan qizlar yurtimizga kelin bo’lgan.
O’zbekistonliklar bilan nikoh shartnomasini qayd etgan eng ko’p yigitlar Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Koreya Respublikasi, Amerika Qo’shma Shtatlariga to’g’ri kelmoqda, shuningdek fuqarolarimiz bilan eng ko’p nikohdan o’tgan qizlar Qozog’iston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Gruziya va Ozarbayjon mamlakatlari fuqarolari ekanligi aytilmoqda.
Izohlarni ko`rish