Insonga cho'chqa buyragi ko'chirildi

Nyu-York jarrohlari insonga cho’chqa buyragini ko’chirib o’tkazish bo’yicha jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli yakunladilar. “Organ yaxshi ishlayapti”, deb yozmoqda The New York Times gazetasi.

Transplantatsiya suniy nafas olish apparatiga ulangan va miyasi o’lgan bemorda amalga oshirilgan. Jarrohlikni amalga oshirgan vrach Robert Montgomerining ta’kidlashicha, buyrak “qariyb darhol” siydik ishlab chiqarishni boshlagan.

 

Vrachning fikricha, genli-modifikatsiya qilingan cho’chqa istiqbolda ko’chirib o’tkazish mumkin bo’lgan organlarning «barqaror va qayta tiklanuvchi» manbasi bo’lishi mumkin.

 

Nashrning yozishicha, agar olimlar insonga to’g’ri keladigan komponentlarni o’stirish imkonini topganda edi, bu hozirdanoq transplantatsiyaga navbatda turgan 100 ming amerikaliklarning muammosini hal qilgan bo’lar edi. Ularning 90 mingdan ortig’i aynan buyrakka ehtiyoj sezmoqda.