“Inson” filmi Gran-Pri sohibi bo'ldi

Turkiyada o’tkazilayotgan “Qo’rqut ota” kinofestivalida “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasi bo’yicha “Inson” hujjatli filmi Gran-pri bilan mukofotlandi. Sovrin film rejissyori Furqat Usmonovga topshirildi.

Mazkur kinokartina Kinematografiya agentligi hamda “Spectre” studiyasi tomonidan suratga olingan.

Film ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Furqat Usmonov, operatorlar Jahongir Ibragimov, Azizbek Normatov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, kreativ prodyuser Shohrux Rasulov, ijrochi prodyuser Davronxo’ja Abdug’aniyev, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov.