Ilon Maskning sun'iy yo'ldosh interneti qachon Markaziy Osiyoga keladi?

Starlink veb-saytiga ko’ra, Ilon Maskning sun’iy yo’ldosh Interneti Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekistonda 2023 yilda paydo bo’lishi mumkin

Starlink – bu yuqori tezlikdagi keng polosali internetni ta’minlovchi global sun’iy yo’ldosh tizimi. U Ilon Maskga tegishli SpaceX tomonidan joylashtirilgan.

O’tgan yili Qirg’iziston raqamli rivojlanish vazirligi SpaceX Qirg’izistonda Starlink ofisini ochishni ko’rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.