«Manchester Yunayted» menga xiyonat qildi». Krishtianu Ronaldu yilning eng shov-shuvli intervyusini berdi

Krishtianu Ronaldu qiyin kunlarni boshdan kechirmoqda. «Manchester Yunayted»ga qaytganidan keyin tarkibda unga mustahkam o’rin yo’q, u final hushtagi chalinmasdan stadionni tark etadi, bosh murabbiy bilan janjallashib, zahirada g’amgin chehra bilan o’tiradi. Aftidan, bundan buyon bu voqea davom eta olmasdi va portugaliyalik futbolchi britaniyalik jurnalist Pirs Morganga shov-shuvli intervyu berdi.

Masxara, haqorat va ommaviy axborot vositalari, rahbariyat, hamkasblar va hatto sobiq hamkorlardan keladi. Eng muhimi, Ronaldu 32 ta sovrin, jumladan beshta “Oltin to’p”, shuncha Chempionlar Ligasidagi g’alabasi, to’rt xil ligada yettita chempionlik va Portugaliya bilan Yevropa chempioni bo’lganidan keyin erishgan hurmatsizlikdan to’ygan.

«Hayotimdagi eng qiyin davr» – Ronaldu o’tgan yilni shunday tasvirlagan

“Manchester Yunayted” menga xiyonat qilgandek his qilyapman. Nega men bu intervyuni qilyapman? Odamlar haqiqatni bilishi kerak. Ha, men o’zimni xiyonat qilingandek his qildim va nafaqat bu yil, balki o’tgan mavsumda ham”.

Krishtianuni klubning barcha muammolarida aybdor qilib ko’rsatishayotgani bezovta qilmoqda.

Ronaldu bir yil ichida «Manchester Yunayted»da yo’llari kesishgan uchta murabbiy haqida nima dedi:

Ole-Gunnar Sulsher: “U mening do’stim, menda uni hurmat qilishdan boshqa hech narsa yo’q”;
Ralf Rangnik: “U 10 yildan ortiq vaqt davomida murabbiylik qilmagandi. Keyin u qanday qilib “Manchester Yunayted”ni boshqarmoqchi edi? Men u haqida hech qachon eshitmaganman”;
Erik ten Xag: “Men uni hurmat qilmayman, chunki u meni hurmat qilmaydi. Agar sen meni hurmat qilmasang, men ham seni hech qachon hurmat qilmayman”.

Ronaldu Ueyn Runi haqida ham keskin gapirdi

“Nega u meni qattiq tanqid qilishini bilmayman. Balki u futbolchilik faoliyatini allaqachon yakunlagani va men yuqori saviyada o’ynashda davom etayotganim uchundir. Men Runidan yaxshiroq ko’rinaman demayman. Lekin bu haqiqat».

Farzandini yo’qotgani va bu og’ir damda jamoatchilik tomonidan qo’llab-quvvatlangani haqida gapirdi

Portugaliyalik «Manchester Yunayted» uni boshqalarga qaraganda kamroq qo’llab-quvvatlaganini ta’kidladi. Iyul oyida uning yangi tug’ilgan o’g’li reanimatsiyada edi va Krishtianu o’zini yomon his qilgani uchun mashg’ulotlarga qaytolmadi. Ronalduning so’zlariga ko’ra, boshliqlar uning halolligiga shubha qilishgan.

“Men uchun oilam hamma narsadir. Ayniqsa, bu yil boshidan kechirganimizdan keyin”, – deya qisqacha xulosa qildi futbolchi.

«Manchester Yunayted»ga qaytishni tushuntirdi

«Men yuragimga quloq soldim. Ser Aleks Fergyuson menga “Manchester Siti”ga bora olmaysan. dedi va men xo’p, xo’jayin” dedim.

Klubdan ko’ngli qolgani haqida

“Qayta tiklash, jakuzi va boshqa muolajalarda yangi texnologiyalar, zamonaviy trenajyorlar va ilg’or ovqatlanish tizimining yo’qligi meni xafa qildi. Ser Aleks ketganidan beri klubda hech qanday evolyutsiyani ko’rmadim. Taraqqiyot nolga teng. Afsuski, men 20-23 yoshimdagi narsalar o’zgarishsiz qolgan.

 

Ular hech qachon murabbiy bo’lmagan Ralf Rangnikni sport bo’limiga taklif qilishdi. Qanday qilib bunday darajadagi klubda bu sodir bo’lishi mumkin? Menimcha, bu nafaqat men uchun, balki butun dunyo uchun kutilmagan hodisa”.

Muxlislarga bo’lgan hurmatini tan oldi

“Futbolda muxlislar eng muhimi. Siz ular uchun o’ynayapsiz. Ular doim men tomonda. Har safar maydonga chiqqanimda, ko’chada yurganimda buni his qilaman. Muxlislar mening oldimga kelib, futbol uchun qilayotgan ishimni qadrlashadi. Men uchun muxlislar hamma narsa. Shuning uchun ushbu intervyuni beryapman.

O’ylaymanki, hozir gapirish uchun to’g’ri vaqt. Menimcha, muxlislar haqiqatni bilishlari kerak.

“Manchester Yunayted”ga faqat yaxshilik tilayman va shuning uchun ham qaytib keldim. Ammo klub ichida eng yuqori darajaga chiqishga yordam bermaydigan ba’zi omillar mavjud, masalan, «Siti», «Liverpul» va hattoki «Arsenal»da bu narsalar mavkud. Menimcha, “Manchester Yunayted”dek katta klub bu uchlikning eng yuqori qismida bo’lishi kerak. Ammo, afsuski, unday emas”.

 

Klubdan ketishini e’lon qildi

“Pikasso aytganidek, biror narsani tiklash uchun avval uni yo’q qilish kerak. Agar klub buni men bilan boshlasa, muammo bo’lmaydi. Men «Manchester Yunayted»ni yaxshi ko’raman, men doim yonimni oladigan muxlislarni yaxshi ko’raman. Ammo ular boshqacha bo’lishini xohlasalar, ko’p narsani o’zgartirishlari kerak”.