“SpaceX” kompaniyasi asoschisi, amerikalik tadbirkor Ilon Mask 33 yoshli sevgan qizi xonanda Grayms bilan munosabatlariga nuqta qo’yganini ma’lum qildi. Bu haqida Ilon Maskning o’zi aytib o’tgan.
“Biz ayrildik, ammo haligacha bir-birimizni yaxshi ko’ramiz, tez-tez ko’rishib turamiz, munosabatlarimiz juda yaxshi. Mening “SpaceX» va “Tesla”dagi ishim asosan Texasda bo’lishimni yoki chel elda sayohat qilishni talab etadi, uning ishi esa Lon-Anjeles bilan bog’liq”, dedi 50 yoshli tadbirkor.
Juftlik o’z munosabatlari haqida 2018 yilning may oyida ma’lum qilgandi. Oradan ikki yil vaqt o’tib ularning o’g’il farzandlari dunyoga keldi. Juftlik o’z farzandlariga X Æ A-12 deb ism berishgan. Bolakay Ilonning oltinchi, xonanda Graymsning esa birinchi farzandi.
Juftlik oxirgi marta joriy oy boshida “Met Gala” marosimida birga ko’rinish bergan edi. Ularning munosabatlari 3 yil davom etdi. Shu tariqa Ilon Mask dunyodagi eng badavlat va yolg’iz bo’ydoqlardan biriga aylandi.