O’zbekiston terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Malayziya va Iordaniya bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi.
Ma’lum qilinishicha, oktyabr oyi avvalida O’zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya poytaxti Amman shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi.
Yig’in davomida Srechko Katanes shogirdlari 9 oktyabr kuni Malayziya, 12 oktyabrda esa Iordaniya terma jamoalari bilan o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston milliy jamoasi sentyabrda Katanes qo’l ostidagi dastlabki bahsida Shvetsiya bilan o’rtoqlik o’yini o’tkazib, 1:2 hisobida mag’lub bo’lgan edi.
Izohlarni ko`rish