Uchrashuvda Ozarbayjon va O’zbekiston o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, savdo-sanoat, avtomobilsozlik, metallurgiya, farmatsevtika, transport va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, Ozarbayjon va O’zbekiston o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aviaqatnovlar ko’payganidan mamnunlik bildirilib, haftasiga 15 ta reys amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Qo’shilmaslik harakati raisligini O’zbekistonga o’tkazish to’g’risidagi qaror Bokuda qabul qilingani alohida ta’kidlandi.
Izohlarni ko`rish