Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevga saylovdagi g’alabasidan so’ng ilk tashriflaridan biri sifatida Ozarbayjonga kelgani uchun minnatdorlik bildirdi. “Taklifimni qabul qilganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman”, dedi Ilhom Aliyev.
Shavkat Mirziyoyev o’z o’rnida prezidentlikka qayta saylangandan so’ng Ozarbayjonga qilingan tashrif tasodif emasligini, bu chuqur do’stlikka ishora ekanligini va hamkorlikning yuqori darajaga ko’tarilganini anglatishini bildirdi. Yana bir bor taklifingiz uchun tashakkur bildiraman, dedi O’zbekiston Prezidenti.
Izohlarni ko`rish