Hotdog yeb, rekord o'rnatdi

Indianalik Joui Chestnat ismli erkak 4 iyul kuni Nyu-Yorkda o’ktazilgan musobaqada 10 daqiqa ichida 76 ta hotdog yeb, jahon rekordini o’rnatdi, deb xabar beradi Esquire.

Chestnat hisob bo’yicha 14-bellashuvda g’alaba qozonmoqda. Erishgan natijalari sabab Jouiga «Jag’lar» laqabi berilgan.

 

Chestnat 2020 yilda ham g’olib chiqqan edi, o’shanda bellashuv koronavirus pandemiyasi sabab tomoshabinlarsiz o’tkazilgan. Rekord o’rnatish uchun erkak 75 ta hotdogni yegan.

 

Ayollar o’rtasidagi birinchilik Mishel Leskoga nasib etdi — u 10 daqiqa ichida 30 to’liq va bitta yari hotdogning 3/4 qismini yeyishga muvaffaq bo’lgan.

 

Eslatib o’tamiz, 2016 yilda amerikalik yigit yarim daqiqada 12 ta shirin kulchani paqqos tushirgan, 2017 yilda esa Nyu-Yorkda bloger Kevin Streyl qizil achchiq qalampirni eng ko’p miqdorda yeb, jahon rekordini o’rnatgan edi.