Hayotimizga BAXT keltiradigan oddiy harakatlar

Bu qiyin emas – uydagi eng chiroyli chashkadan ertalabki kofeni ichish.

Bu qiyin emas – qo’shnilar bilan salomlashish.

Bu qiyin emas – muntazam xaridlarni amalga oshiradigan do’konda kassirga yaxshi kun tilash.

Bu qiyin emas – taksi yoki marshrutka haydovchisiga rahmat aytish.

Bu qiyin emas – sizni piyodalar o’tishida o’tkazib yuborgan mashinaga minnatdorlik bildirish.

Bu qiyin emas – ko’chada axlat tashlamaslik.

Bu qiyin emas – eshikni ortingizdan kelayotgan insonga urilmasligi uchun ushlab turish.

Bu qiyin emas – kechirim so’rash, agar kimnidir tasodifan turtib yuborgan bo’lsangiz.

Bu oson – biror hamkasbni maqtash.

Bu oson – ko’chada notanish bolaga jilmayish.

Bu yoqimli – restoranda ofitsiant bilan do’stona suhbat qilish va unga choychaqa qoldirish, va barista dunyodagi eng yaxshi qahva tayyorlaganidan xursand bo’ladi.

Bu qiyin emas – qo’pollikga qo’pol munosabatda bo’lmaslik va xaqorat qiluvchisidan ustun bo’lish.

Bu oson – 8 mart bo’lmasa ham, onangizga shokolad sovg’a qilish.

Bu qiyin emas – sizning kuningiz yaxshi bo’lmasa ham, atrofdagilarga do’stona, muloyim va xushmuomala bo’lish.

 

Kichik lazzatlar hayotimizni yorqinlantiradi. Biz bu haqida allaqachon bilamiz!

loading…