Xafalik hissi!

Bir ingliz maqoli bor, unda jumladan shunday deb aytiladi: «Tayog’-u toshlar suyaklarimni sindirishi mumkin, ammo so’z hech qachon menga ziyon etkaza olmaydi». Lekin ming afsuslar bilan aytamizki bu mutlaqo noto’g’ri!

So’zlar juda kuchli azob bera oladi, hatto jismoniy azob berishi ham mumkin. Sizni haqorat qilganlarida yoki aldaganlarida his qiladigan nafrat va qo’rquv, yuragingiz harakatida va qon tarkibida jiddiy o’zgarishlar keltirib chiqaradi. Shafqatsiz so’zlar, dahshatli hodisalar, kishida yurak xuruji va miyaga qon quyilishiga ham sabab bo’lishi mumkin. Og’riq – bu muhim saqlaydigan klapanday gap.

Agar oyog’ingizni kesib olsangiz, his qilayotgan og’rig’ingiz, sizni jarohat olganligingiz haqida ogohlantiradi va ehtiyotkorroq bo’lishni “so’raydi”. Sizni sevadiganlardan tasalli olishingiz va shifokorga murojaat qilib, zarur bo’lsa jarohatingizni tikib qo’yishlari mumkin. Haqoratlangandagi nafrat hissi oddiy kishining tabiiy reaktsiyasidir. Agar xafachilik unchalik katta bo’lmasa, nafratlanganingizni tan olib, o’zingizni qo’lga olishingiz kerak.

Ammo xafalik jiddiy bo’lgan bo’lsa, bunday holatda sizga yordam kerak bo’ladi. Og’riqqa e’tiborsiz bo’lish yaramaydi. Sizga yordam bera oladigan yoki taskin bera oladigan odamga yuragingizni ochishingiz kerak. Ko’pincha qalb og’rig’i bosilishi uchun vaqt kerak bo’ladi. Yarashib olish uchun sizni xafa qilgan kishi bilan suhbatlashib olish etarli, bu eng yaxshi yo’ldir. Odatda yurakdagi og’riqni olib tashlab, uning tezda sog’ayib ketishi uchun shuning o’zi etarli bo’ladi.

Dezinfektsiya qilingan va bintlar bilan o’ralgan yara tezda bitib ketganiday gapdir. Biroq holatni tasavvur qiling: siz qattiq xafa bo’lgansiz, sizni xafa qilgan odam haqida boshqa eshitishni istamaysiz, gaplashishni-ku, mutlaqo istamaysiz. Siz his qilayotgan g’azab o’tib ketmaydi. Aksincha u kuchayib, chuqur xafachilikka aylanadi. Har safar bo’lib o’tgan voqealar haqida o’ylaganingizda ichingizda jaxlingiz qo’ziydi.

Bu hissiyot ichingizda tutab, atrofdagilarga yoyiladi. «Men hech qachon hech kimga ishonmayman», – deysiz o’z-o’zingizga, shundan keyin esa Siz odamlarning o’zizga yaqinlashishlariga yo’l qo’ymaslikka harakat qilasiz. Agar xafalik hissi juda kuchli bo’lsa, ichki stress sog’liqqa ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Har qanday shifokor sizga qalbida og’riqlar tufayli shifo topolmayotgan bemorni nomini aytishi mumkin.

Balki, birinchi martadagi g’azab unchalik qo’rqinchli emasdir, ammo uzoqqa cho’zilgan xafalik xavfli. O’z foydamiz uchun ham kechirim berishni o’rganishimiz lozim. Boshqalarga kechirim bera olishimiz bu ajoyibdir.

loading…