BI-IR KULIShMAYMIZMI, OKA?..

 

* * *

Hujjatlarni rasmiylashtirish idorasida.

— Xonim, nega yoshingizni olti yoshga kamaytirib yozdingiz?

— Chunki men olti yoshgacha sanashni bilmasdim.

* * *

— Jabrlanuvchi, balki, sudlanuvchi sizni achchiq ustida bilmay «eshak» deb haqorat qilgandir?

— Yo’q, haqorat qilishdan oldin u menga uzo-oq tikilib turdi.

* * *

Talaba uyiga telegramma jo’natmoqchi bo’ldi. Cho’ntagini kavlab qarasa, faqat bittagina so’zga yetadigan puli qolibdi. U telegrammaga shunday deb yozib qo’ydi:

— Ellikminglashtiringlar!

* * *

Qo’shni ayol endi tug’ruqxonadan qaytgan ayoldan so’radi:

— Bolangiz ko’proq kimga o’xshaydi?

— Dadasiga quyib qo’yganday. Qachon qarasa, uxlagani-uxlagan. Uyg’onishi bilan shu zahoti shishaga talpinadi.

* * *

Vrach bemorga dedi:

— Ichmasangiz, umringizni uzaytirgan bo’lasiz.

— Juda to’g’ri! Yaqinda bir hafta ichmagandim, bir hafta bir yildek tuyulib ketdi.

* * *

— Do’xtir, — dedi bir yigit. — Qizingizning qo’lini so’rab keldim!

— Yo’q, qizimni sizga bermayman. Sizning buyragingiz kasal.

Yigit xafa bo’lib sekin eshikka yo’nalgandi, vrach ortidan qichqirdi:

— Tashhis uchun ming so’m berib keting!

* * *

Psixiatr huzuriga bir ayol kelib dedi:

— Do’xtir, erimni qutqaring! U kasal bo’lib qoldi.

— Eringiz soppa-sog’.

— Voy, kecha uyga kelib «Ko’chada itlar zontik tutib yuribdi» dedi-ku! Sog’ odam shu gapni gapiradimi?

— Ie, kecha jala quyganini ko’rmadingizmi?

* * *

Psixiatr kabineti eshigi yonida ikki bemor uchrashib qoldi. Biri ikkinchisidan so’radi:

— Siz qachon keldingiz? Yo ketyapsizmi?

— Eh, shuni bilganimda bu yerda turmasdim.

* * *

— Dadajon, mashinamizni o’g’irlab qochishdi!

— Rostdanmi?

— Ha.

— Ularni ko’rdingmi?

— Ko’rdim.

— Tashqi ko’rinishlarini eslab qoldingmi?

— Yo’q, lekin mashinamizning davlat raqamini eslab qoldim.

* * *

Erkak tiqilinch avtobusga chiqdi-da, ovozining boricha baqira boshladi:

— Yoshlarda insof qolmabdi! O’zidan kattalarga joy beray ham demaydi! Men bu yoshda…

Shunda bir yigit unga dedi:

— Amaki, sizga joy bo’shatdik-ku!

— Xotinim-chi, xotinim?

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit