AQShning Green Card lotereyasini o’ynaganlar soni bo’yicha O’zbekiston dunyoda ikkinchi bo’lgan. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi xabar bergan.
«Biz Green Card lotereyasini qo’llab-quvvatlashda davom etamiz. Davlat statistika departamentining aprel oyidagi so’nggi ma’lumotlariga ko’ra, AQShning Toshkentdagi elchixonasi turli millat vakillari uchun vizalar soni bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadi», deyiladi xabarda.
2023 yilgi «Green-card» javoblari 8 may kunidan boshlab e’lon qilingan. Eslatib o’tamiz, AQSh DV-2023 lotereyasi (grin karta) 2021 yil 6 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanib, 2021 yil 9 noyabr soat 21:00 da tugagan edi.
Izohlarni ko`rish