Hududining 26 foizi o’rmonlar bilan qoplangan, uch tomoni to’rtta dengiz bilan o’ralgan Turkiya, turli xil iqlim sharoitiga ega, o’simlik va hayvonot dunyosi juda boy bo’lgan kam sonli davlatlardan biri hisoblanadi.
Go’zal tabiati, jozibador landshaftlari, rangbarang o’simlik va hayvonot dunyosiga ega Turkiyaning istalgan joyida chodir qurib tunashning zavqi esa o’zgacha.
Tog’lar yonbag’irlarida, cheksiz tekisliklar o’rtasida, daryo yoki ko’l qirg’og’ida chodir qurib dam olish nafaqat ruhiy oziqa beradi, balki charchog’ingizni ketkazadi va siz, o’sha onga qaytish istagi bilan keyingi dam olish rejangizni sabrsizlik bilan tuza boshlaysiz.
Siz uchun Turkiyadagi eng yaxshi kemping maydonlarining ro’yhatini tuzdik. Turlicha iqlim va jeografik sharoiti va go’zal tabiatga ega Turkiyaning istalgan hududida chodir tikib, xohlaganingizcha hordiq chiqarishingiz mumkin.
O’tmishni chodir bilan kuzatish
Kapadokiya o’zining noyob landshafti va paleolit davriga oid tarixi bilan Turkiyaning eng noodatiy joylaridan biri hisoblanadi.
Chodir qurish uchun qulay hududlardan biri bo’lgan Kapadokiya o’zining “Peri bajalari” deb atalgan eroziya ustunlari, yer osti shaharlari va hushbo’y mahalliy sharoblari bilan ham mashhur. Kapadokiya kemping turizmi uchun ajoyib manzaralar va boy madaniy merosni taqdim etadi.
Moviy rangga aylangan tarix beshigi
Moviy dengizi, qumli plyajlari, hashamatli dam olish maskanlari va son-sanoqsiz qadimiy shaharlari bilan har yili millionlab sayyohlarni qabul qiladigan Egey mintaqasi Turkiyaning eng yaxshi sayyohlik yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Buning esa bir sababi bor. Mintaqa tabiatdan zavq oluvchilar, fotograflar, tarix ixlosmandlari va adrenalinni sevuvchilarni o’ziga jalb qilibgina qolmay, chodir tikib dam olishni sevuvchilarni ham o’ziga chorlay oladi.
Bu hududga tashrif buyuruvchilar mazali mahalliy Egey sharoblaridan tatib ko’rishlari, beg’ubor plyajlarda cho’milib dam olishlari va mehmondo’st mahalliy aholi bilan muloqot qilishlari mumkin.
Buning uchun esa sizga eng yaxshi tanlov – mashhur sayyohlik markazi Bozjaada mintaqasi hisoblanadi. Bozjaada, chodir qurib miriqib dam olishingiz mumkin bo’lgan en yaxshi hududlar sirasiga kiradi.
Tog’larning tepasiga chodir tikin
O’rtacha 1130 metr balandlikdagi tog’li hududlardan iborat Turkiyada ulug’vor tog’larning yamyashil etaklaridagi go’zal tekisliklarda chodir tikish mumkin bo’lgan ko’plab lagerlar mavjud.
Turkiyaning eng katta yashil hududlari joylashgan Sharqiy Qoradengiz hududi chodir qurib orom olish uchun eng qulay joylardan biri hisoblanadi.
Ig’neada milliy bog’ida tabiat quchog’ida yolg’iz qoling
Qirklareli shahar markazidan atigi 97 kilometr uzoqlikda joylashgan Ig’neada o’rmonlari milliy bog’i, 670 hil o’simlik turi o’sayotgan botanika jannati hisoblanadi.
2007 yilda milliy bog’ deb e’lon qilingan Ig’neada qalin o’rmonlar, mavsumiy botqoqliklar, chuchuk suvli ko’llar va qumtepalarni o’z ichiga olgan noyob ekotizim sifatida ajralib turadi.
Jami 194 turdagi qushlarni uchratishingiz mumkin bo’lgan Ig’neada qushlarni kuzatish va chodir tikib dam olishingiz uchun ideal joy hisoblanadi.
Boy bioxilma-xilliklarga ega Ig’neada, qushlarni kuzatish kabi qiziqarli imkoniyatlar taqdim etishi bilan ham chodir qurib dam olishni sevuvchilarning eng sevimli maskanlari orasidan o’rin olgan.