Rossiyaning “Pervыy kanal” telekanalida namoyish qilinadigan “Golos. Deti” ko’rsatuvida yaqinda o’zbekistonlik ishtirokchi – toshkentlik 13 yoshli o’smir chiqqani ma’lum bo’ldi.
Firdavs Avezov Toshkent shahri 7-bolalar musiqa va san’at maktabi, shuningdek, V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqa maktabi o’quvchisidir.
Firdavs bilan bog’landik, va u 4 yoshidan boshlab qo’shiq kuylashi haqida so’zlab berdi.
“Golos. Deti” loyihasida ishtirok etish mening azaliy orzuim edi. Bolaligimdan bu tanlovda qatnashishni juda xohlardim”, – dedi u.
Firdavsning so’zlariga ko’ra, u eng ko’p Maykl Jekson ijodidan ilhomlangan. “Golos”da esa menga birinchi navbatda raqiblar yoqdi. “Hammasi zo’r yigitlar ekan”, dedi yosh musiqachi.
Izohlarni ko`rish