XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

GEPARD HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Gepard uch soniya ichida soatiga 112 kilometr tezlikka ega bo’la oladi. O’ljasini quvishga tutingan gepard hatto «Ferrari» poyga mashinasini ham ortda qoldiradi.

2. Agar ovda 10 martagacha muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, gepard kuchsizlanish va ochlik tufayli o’lim topadi.

3. O’ljasiga hujum uyushtirganda, mo’ljalni aniq ola bilmasa, u darhol to’xtaydi va shu yo’l bilan kuchni iqtisod qiladi. Mabodo katta tezlikda 30-35 soniya yugursa, tanasidan ajralib chiqqan issiqlik tufayli yerga yuztuban qulashi mumkin.

4. Yovvoyi tabiat qo’ynida gepardlar ko’pincha sher bilan ro’baro’ keladi. Agar o’z vaqtida qochib qola bilmasa, u sher changalida o’lishi tayin. Ana shunday lahzalarda uni tezlikkina qutqarishi mumkin.

5. Qadimiy Misrliklar gepardni qo’lga o’rgatgan. Gepard ularni ov paytida yovvoyi hayvonlar hujumidan himoya qilgan.

6. Yoshi ulug’ gepard taxminan 40 dan 50 kilogrammgacha vaznga ega bo’ladi.

7. Sherdan farqli o’laroq gepard erkaklari aka-ukalari bilan juda inoq yashaydi. Shu inoqlik ularga ov paytida juda asqotadi.

8. Yovvoyi tabiat qo’ynida gepard o’rtacha 20 yil, hayvonot bog’ida esa 35 yil umr ko’radi.

9. Gepard yo’lbars, sherlar kabi o’ljasini pana-pastqamda poylab yotmaydi. Darhol tashlanib, qisqa fursatda o’ldirishga harakat qiladi.

10. Gepard yugurganda har bir qadami 7-8 metr atrofida bo’ladi.

11. Yugurgan mahal u daqiqasiga 150 martagacha nafas oladi.

12. Hisob-kitoblarga ko’ra, gepardning o’ljasiga uyushtirgan har bir ikkinchi hujumi muvaffaqiyatli yakun topadi.

13. Afrika mahluqlari orasida gepard eng ojizi hisoblanadi. Ko’p hollarda uning o’zi o’ljaga aylanadi. Ayniqsa, suv havzalariga borib chanqoq qondirayotganda, timsohlarga yem bo’ladi.

14. Qachonlardir gepardlar Qozog’iston va Tojikistonda ham hayot kechirgan. Ammo yillar o’tib odamlar ularni butkul yo’q qilgan.

15. Hozir yer yuzida yashayotgan barcha gepardlar bir-biriga yaqin qarindoshlar hisoblanadi. Chunki muzlik davridan so’ng tirik qolgan kichik bir guruh o’zidan ko’paygan.

16. Gepardlar tutqunlikda o’zidan ko’paymaydi.

17. Gepardlar daraxtga tirmashib chiqishda leopardga nisbatan abjirroq bo’ladi.

18. Yoshi ulug’ gepard 5-6 kungacha och yura oladi.

19. Gepard ochdan o’lsa ham o’laksa yemaydi.

20. Gepardlar bir-biri bilan tillashganda, ulardan taralayotgan tovush xuddi qushlar chiriqlashini eslatib yuboradi.

21. Gepard bir necha kunda bir martagina suv ichadi.

22. Gepard kunduzgi hayot tarzini kechiradi. Ya’ni, kechasi ov qilishdan ko’ra uxlashni ma’qul ko’radi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…