Antaliyaga dam olish uchun kelgan germaniyalik sayyoh Robert Teylor Islom dinini qabul qildi va Kamol ismini oldi.
Teylor Turkiya va Yevropada golf uskunalarini sotuvchi xorijiy kompaniyaning distribyutori hisoblanadi. Antaliyaga kelgach, Teylor ulug’vor masjidlar va azonning go’zalligidan taajublangan va Islom dinini o’rganishga kirishgan, so’ngra musulmon bo’lishga qaror qilgan.
Sayyohning Islom dinini qabul qilish marosimi Serik tumani muftiylik binosida bo’lib o’tdi. Unda Muftiy Ibrohim Ko’ksal Teylorga Islom asoslari haqida ma’lumotlar bergan.
Teylor shahodat kalimasini aytib, Islomni qabul qildi, shundan so’ng u Kamol ismini ham qabul qilib oldi.
Izohlarni ko`rish