Erling Xoland Chempionlar ligasida Lionel Messi va Luis Adrianoning yutug’ini takrorladi.
«Manchester Siti» forvardi ushbu turnirda penta-trik qayd etgan uchta futbolchidan biri bo’ldi. Norvegiyalik futbolchi “Leypsig” darvozasini besh marta ishg’ol qildi (7:0).
Rekord 2012 yilda “Barselona” safida “Bayer”ga qarshi o’yinda beshta gol urgan Lionel Messi tomonidan o’rnatilgandi. Hujumchi Luis Adriano 2014 yilda “Shaxtyor”ning BATEga qarshi o’yinida ham shunday qilgandi.
Izohlarni ko`rish