***
Hind kinolaridan o’rnak olish kerak. Uysiz, ishsiz, maoshsiz, gazsiz, qambag’al… shunda ham raqsga tushib qo’shiq aytishadi.
***
— Sen yaramasni deb hayotim alg’ov-dalg’ov bo’ldi. Senga butun yoshligimni sarfladim, bor pulimni yeding!
— Diplomingni tinch qo’ysangchi, bolam!
***
Dada, ikkita yangiligim bor, biri yaxshi, biri yomon.
– yaxshisidan boshla-chi…
– mashinangizning himoya yostiqlari juda yaxshi ishlar ekan…
***
Bir yolg’iz qariya avtomobilini katta tezlikda haydab ketayotsa, orqasidan GAI mashinasi quvlay boshlabdi. Chol tezlikni yanada oshirib, ulardan qochishga urinibdi. Oxiri qarasa, qochib ketishning iloji yo’q! Avtomobilini to’xtatib, tushibdi. Cholning yoniga GAI xodimlari kelib:
— Nega bizdan qochishga urindingiz otaxon?, – deyishsa, qariya o’ylab ham o’tirmay:
— Bir necha yillar ilgari xotinim meni tashlab, GAIda ishlaydigan erkak bilan qochib ketgan edi. Sizlarni ko’rib, menga xotinimni qaytarib berishmoqchi deb o’ylabman!, – dermish.
***
Ixcham, ozg’in qizlarni yoqtiradigan yigitlar diqqatiga:
Ilonlarning semizi bo’lmaydi!
***
Shahardan qishloqqa kelin bo’lib tushgan qizga qaynonasi:
— Molxonaga kirib, sigirni sog’ib chiqing, – desa, kelin tovuqxonaga kirib ketayotgan emish. Qaynonasi:
— Qayoqqa ketyapsiz? Sigirni sog’ing desam, tovuqxonaga kirib ketyapsizmi? – desa, kelin:
— Voy oyijon, hayvonlarga-yam alohida-alohida xona qilib berganmisizlar? – dermish.