image0

O‘zgidromet 7-9 fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 fevralda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 8-9 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 fevralda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 9 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq; 8 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq; 9 fevralda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida 7 fevralda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq; 8-9 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 fevralda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 9 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq; 8 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq; 9 fevralda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 9 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq; 8 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq; 9 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 510 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq; 8 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 9 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 9 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 8 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq; 9 fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.