image0

2024 yilda Toshkentda bir sotix yer narxi 352 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bankning 2024 yildagi O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori tahlilida ma’lum qilindi.    

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Toshkentda bir sotix yer narxi 352 mln so‘mni tashkil qilgan. Markaziy bankning 2024 yil uchun ko‘chmas mulk bozori tahlililiga ko‘ra, bu boshqa hududlarga nisbatan ancha yuqori. Masalan, Toshkent viloyatida 1 sotix yer narxi o‘rtacha 100 mln so‘m bo‘lgan. 

Shu bilan birga, Toshkent shahrida yer narxi so‘nggi uch yil oxirida quyidagicha bo‘ldi: 

  • 2022 yil – 263 mln so‘m; 
  • 2023 yil – 362 mln so‘m;
  • 2024 yil – 352 mln so‘m. 

Xususan, 2024 yil davomida yangi uylar narxi so‘mda 11,4 foizga, dollarda 6,7 foizga oshgan. Eski uylar narxi esa 6,3 foiz (so‘mda) va 1,8 foizga (dollarda) ko‘tarilgan. Ko‘chmas mulk bozorida narxlar o‘sishi 2023 yilga nisbatan sezilarli sekinlashgan bo‘lsada, 2025 yilda keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bir kishining bir oylik minimal iste’mol xarajatlari 669 ming so‘m deb e’lon qilingandi.  

Mohimbegim Ma’rufaliyeva