Feyk (tasdiqlanmagan, yolg’on xabar) xabarlar so’nggi vaqtlar ijtimoiy tarmoqlarda, hususan turli norasmiy telegram kanallarida tez-tez uchrab turibdi. Aynan Koronavirusga ta’aluqli bo’lgan turli ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak, barcha manbaalarga ham ishonish xato! Muammo atrofidagi xabarlar har doim ham to’g’ri emas. Ya’ni necha yil avvalgi video yoki suratlar ham go’yoki aynan hozirgi holatga dahldorday tarqatilishi hozirda oddiy holga aylangan.
— Virus sabab 20 million Hitoy aholisi Islom dinini qabul qilgani…
— Hitoyliklar muqaddas Qur’on kitobiga hurmatsizlik ko’rsatgani…
— Umuman boshqa dardga chalingan go’dakning “Koronavirus” kasaligiga aloqador qilib ko’rsatilgan tas’irli videosi…
Bu ro’yhatni uzoq davom ettirish mumkin.
“Hitoyliklar ommaviy ravishda Islom dinini qabul qilmoqda deya bir qancha video tarqatilgan. Biroq videolar manbaasi mutloq boshqa. Ulardan biri 2019 yil 5 iyun sanasida Facebook ijtimoiy tarmog’I foydalanuvchisi Mak Muhammad tomonidan e’lon qilingan. Bunda Ramazondan so’ng yig’ilgan musulmonlarning ko’rish mumkin.” Deb yozmoqda factcheck.kz nashri.
Eid prayer in China, Yiwu, Zhejing province
Opublikovano Mak Mohamed Vtornik, 4 iyunya 2019 g.
Yodingizda bo’lsa Myanma-Birma voqealari ham katta shou-shuvlarga sabab bo’lgan edi. Minglab go’daklarning jasadi, oyoq-qo’llari uzub olingan musulmonlar, boshsiz ayollar… Hullas ijtimoiy tarmoqlar vahshiyona foto va videolarga to’lib ketgan edi. Ammo suratlar mutloqo turli yillarda, boshqa to’qnashuv va urushlardan so’ng olinganligi, ularning aksariyat qismi eski rasmlar ekani aniqlangan.
Shunday ekan, hissiyotlarimizni qitiqlab qo’yishlariga yo’l qo’ymaylik! “Koronavirusga” tegishli ma’lumotlarning hammasi ham ishonchli manbaalardan olinmayabdi. Feyk xabarlarga ishonib qolmang!
Mohigul Diyorho’jayeva
loading…