ChAP YaRIM ShAR:
Miyaning chap yarim shari og’zaki ma’lumotlarni qayta ishlashga moslashgan. U til xususiyatlariga javob berib, gapirish, yozish va o’qish qobiliyatlarini boshqaradi. Aynan miya chap yarim shari yordamida inson faktlar, sanalar, ismlarni yodda saqlaydi. Shunday ekan miyaning ushbu qismi barcha dalillarni tahlil qiladi va mantiqiy fikrlash xususiyatini nomoyon qiladi. Matematik belgilar va raqamlar ham aynan miyaning shu qismida aniqlanadi.
O’NG YaRIM ShAR:
Miyaning o’ng yarim shari og’zaki bo’lmagan, ya’ni tasavvur va tafakkur yordamida olinadigan ma’lumotlarni qayta ishlashga moslashgan. Miyaning ushbu qismini ishlatib inson tasavvur qilishi, hayol og’ushiga cho’mishi va to’qima voqeliklar yaratishi mumkin. Shuningdek miyaning o’ng yarim shari ijodiy yaratuvchanlik va musiqa qobilyatlariga ham javobgardir. Miya o’ng yarim shari bir vaqtning o’zida ko’plab ma’lumotlarni qayta ishlashga qodir. Va bu qobiliyat hamma narsani bir butun holda ko’ra olish imkonini beradi.
loading…