Fazogir: “AQSh Marsda o'zga sayyoraliklar bilan ishlamoqda”

Isroil xavfsizlik kosmik dasturining sobiq rahbari Haym Eshedning aytishicha, AQSh o’zga sayyoraliklar bilan hamkorlik qilmoqda, prezident Donald Tramp esa Marsdagi «Galaktik federatsiya»dan kelgan o’zga sayyoraliklar bilan yashirincha ish olib bormoqda. Eshed bu haqda 6 dekabr kuni bergan intervyusida gapirib bergan.

1981 yildan 2010 yilgacha Isroilning kosmik dasturi rahbari bo’lib ishlagan professor Xaym Eshedning so’zlariga ko’ra, Amerika hukumati nafaqat o’zga sayyoraliklar bilan aloqa qilmoqda, balki ular prezident Trampga “katta qo’rquv” yuzaga kelmasligi uchun o’zlarining mavjudliklarini oshkor qilmaslikni maslahat berishgan.

“Noma’lum uchar jismlar insoniyat hali bunga tayyor emasligini aytib, o’zlarining bu yerda ekanliklari haqida oshkor qilmaslikni so’rashdi. Tramp ular haqida ommaga xabar berish arafasida edi, ammo Galaktika federatsiyasidagi o’zga sayyoraliklar shunday deyishdi: Kuting, avval odamlar tinchlansin. Ular ommaviy qo’rquv boshlashni xohlamaydilar» deydi Eshed Jewish Pressga bergan intervyusida.

Eshednning da’vosiga ko’ra, amerikalik astronavtlar Mars sayyorasidagi «er osti bazasida» o’zga sayyoraliklar bilan hamkorlik qilishmoqda.

“Ular insoniyat rivojlanishini, kosmos va kosmik kemalar nima ekanligini tushunadigan bosqichga yetib borishini kutishgan», dedi u.

Professor Eshed ba’zi odamlar uning o’zga sayyoraliklar haqidagi da’volariga shubha bilan qarashlari mumkinligini tan oldi. Ammo, insoniyatga tanish bo’lmagan mavjudotni qabul qilishga bo’lgan munosabat o’sib borayotganini ta’kidladi.

«Men o’z akademiyamdagi qay bir odamga bu fikrlarimni aytsam, ular “Bu odam aqlini yo’qotgan” deb aytishgandi. Bugun ular allaqachon boshqacha gapirishmoqda. Mening yo’qotadigan narsam yo’q. Men o’zimga kerakli daraja va mukofotlarni qo’lga kiritib bo’lganman. Meni chet el universitetlarida hurmat qilishadi» deya qo’shimcha qildi professor.

Eshed uch marta, shu jumladan, ikki marotaba «maxfiy texnologik ixtirolari» uchun Isroil xavfsizlik mukofotini qo’lga kiritgan. Hali biron bir yirik hukumat yoki kosmik tashkilot Eshedning o’zga sayyoraliklar haqidagi da’volarini qo’llab-quvvatlagani yo’q.