Strategik tadqiqotlar markazi asoschisi, Eron mudofaa vazirining sobiq o’rinbosari Ali-Rezo Akbariy Britaniya razvedka xizmatlari foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib, o’limga hukm qilindi, deya xabar beradi Islom Respublikasi Axborot vazirligi.
«Eronning maxfiy va strategik markazlarida Britaniya razvedka xizmatining eng muhim agentlaridan biri aniqlandi. U uzoq va ko’p bosqichli kontrrazvedka operatsiyasidan so’ng hibsga olingan», — deyiladi vazirlik bayonotida. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.
A.Akbariyning qachon qatl etilishi haqida ma’lumot yo’q.
Eslatib o’tamiz, A.Akbariy 2019 yildan beri qamoqda
Izohlarni ko`rish