Buyuk shoir Oshiq Veysel YuNESKOning 2023 yilgi xotira dasturiga kiritildi. Ellik yil muqaddam vafot etgan Veysel Turkiyaning oshiqlik an’anasining eng muhim namoyandalaridan biri, mamlakatning milliy boyligi sanaladi. Oshiq Veysel vafotining 50 yilligi Turkiyada va xorijda turli xildagi tadbirlar bilan nishonlanadi.
Onado’li oshig’i, improvizatsiya she’riyati va musiqani uyg’unlashtirgan ko’p qirrali san’at arbobi – Onado’lida besh yuz yildan ortiq vaqtdan beri o’rganiladi va Turkiyada madaniy meros va boylikning muhim ifodasi sanaladi. Jahon miqyosidagi xalq shoiri Oshiq Veysel (Shatirog’lu) bu xalq san’atkorlarining eng mashhurlaridan biri bo’lib, uning san’ati o’limidan keyin ham bag’rikenglik, sevgi va vatanparvarlik tuyg’ulari bilan to’ldirilgan sodda she’rlari orqali insoniyat va kelajak avlodning takomillashuvida o’z xissasini qo’shib kelmoqda.
Parijda bo’lib o’tgan 41-Bosh konferensiyada qabul qilingan qaror bilan YuNESKO shoir vafotining 50 yilligi munosabati bilan 2022-2023 yillarda Oshiq Veyselni xotira tadbirlari ro’yxatiga kiritdi. Dastur doirasida Oshiq Veysel yil davomida Turkiyada va xorijda o’tkaziladigan uchrashuvlar, ko’rgazmalar va konsertlar kabi tadbirlar bilan yodga olinadi.
Oshiq Veysel: Oshiqlik an’anasining so’nggi buyuk vakili
1894 yilda Sivasning Sharkishla tumanidagi Sivrialan qishlog’ida tug’ilgan Oshiq Veysel yetti yoshida chechak tufayli ikkala ko’zidan ham ayrilgan. U o’n yoshida soz (turk xalq musiqasida qo’llaniladigan cholg’u turi) chalishni boshlagan va 1933 yilda Turkiya bo’ylab ijrochi sifatida sayohat qilgan, ba’zan sozdan ham dars bergan.
Oshiq Veyselning xalq va ziyolilar o’rtasida ko’prik qurgan she’rlari turli mavzularni qamrab olgan. Uning qo’shiqchiligida turk so’fiy shoiri Yunus ta’sirida bo’lgan bo’lsada, Veysel asarlarida so’fiylik izlari border. Veysel, ayniqsa, ishqiy she’rlari jihatidan boshqa bir buyuk turk shoiri Karajao’g’lanning davomchisi sanaladi.
Oshiq Veyselning ilk asari, Respublikaning 10 yilligida Otaturk uchun kuylagan doston edi. 1944 yilda nashr etilgan «Deyishlar» she’riy to’plamining birinchi jildi, so’nggisi esa “Do’stlar beni xatirlasin” (1970) bo’lib, barcha she’rlarini jamlagan. Boshqa she’rlari esa 1949 yilda nashr etilgan “Sazimdan sesler” nomli jildda to’plangan.
Oshiq Veysel hamisha insonlarni va hayotni «quchoqlab», tushunishga, anglash uchun harakat qilgan inson sifatida yodda qoladi. U kelajak avlodlarga tabiatga mehr qo’yish, do’stlik, birlik va hamjihatlik, shuningdek, mehr-oqibat haqidagi bebaho misralarni tuhfa etgan buyuk xalq shoiri sifatida bugun ham yodga olinadi.
Sivasdagi Muzey uyi imkoniyati cheklangan mehmonlarni qabul qiladi
Oshiq Veysel 1973 yil 21 mart kuni o’zi tug’ilgan qishlog’i Sivrialanda vafot etdi. Uning uyi vafotidan keyin muzeyga aylantirilgan va uning mazmuni saqlanib qolingan. 2012 yilda xalqaro loyiha asosida ta’mirlangan muzeyda Veyselning yotog’i va radiosi, shuningdek, shoirning ko’plab kiyimlari va shaxsiy buyumlari namoyish etilgan.
Yevropa Ittifoqi, Turkiya madaniyatlararo muloqot va muzeylar grant dasturi, Sivas muzeyi boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan Muzeylararo madaniyat ittifoqi loyihasi doirasida yangilangan maydondagi “qorong’i xona”ga ko’zi ojizlar uchun Brayl alifbosida “Uzun inje bir yoldayim” (Men uzoq va tor yo’ldaman) iborasi mavjud. Bu xonada Oshiq Veysel haykali ham o’rnatilgan.
Muzeyda, shuningdek, buyuk shoirning ilgari ko’rilmagan radio va televidenie qaydlari, shuningdek, eshitish qobiliyati past bo’lganlar uchun maxsus tayyorlangan, inglizcha subtitrli hujjatli filmlari ham o’rin olgan.