Erdo'g'on rasman Turkiya prezidentligiga nomzod sifatida ko'rsatilgan

Rajab Toyyib Erdo’g’on rasman Turkiya prezidentligiga nomzod sifatida ko’rsatildi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Hukmron partiya va ittifoq tarkibiga kiruvchi Millatchi Harakat partiyasi (MHP) vakillari tomonidan Oliy saylov kengashiga tegishli ariza berildi.

Erdo’g’on nomzodi hukmron partiya saylov ishlari bo’limi rahbari Ali Ihsan Yavuz va MHP saylov ishlari bo’limi rahbari Feti Yildiz tomonidan taqdim etilgan.