Dunyoning eng chiroyli orollari (+foto) 1

Dunyoning eng chiroyli orollari (+foto)

Bugun sizlarga dunyoning turli burchaklarida joylashgan go’zal orollar haqida ma’lumot beramiz. Sayohatga chiqish niyatingiz bo’lsa, albatta bu orollarga borib, ko’rishni maslahat bergan bo’lar edik.

Santorini, Gretsiya

Dunyoning eng chiroyli orollari (+foto) 2

Siz bu dengiz fonidagi chiroyli havorang tomlarni ko’p bora ko’rganingizga aminmiz, endi sizda ularning tarixi va orolning o’zi bilan yaqindan tanishish imkoni bor. Bu esa arzirli narsa, ishonavering. Bu yerning plyajlari ham ajoyib: Perissa va Kamari qora vulqon qumi bilan, Akrotiri – qizil qum bilan qoplangan. Santorini boshqa Kiklad orollari bilan birgalikda tog’dan turib tomosha qilsa bo’ladigan xushmanzara ko’rfaz hosil qiladi.

San-Xuan, Vashington

Dunyoning eng chiroyli orollari (+foto) 3

Yo’q, bu navbatdagi tropik orol emas, biz sizga boshqa qiziqroq narsa tayyorlab qo’ydik. Aynan: kasatkalar  podasi. Laym Kiln Poynt – kitlar va dengiz mushuklarini kuzatish mumkin bo’lgan eng yaxshi joy. Birato’la Pelindaba lavanda fermasiga o’tib, gul yoki uning yog’i va boshqa mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin. Fraydey Xarbor shaxarchasida esa sizni 19 akr joyni egallagan tarixiy haykallar bog’iga ekskursiya  kutadi.

Bora-Bora, Polineziya

Dunyoning eng chiroyli orollari (+foto) 4

Dunyoning eng yaxshi va go’zal orollari 5 taligining uchinchi pog’onasini Bora-Bora egallagan. Baunti plyajlaridan tashqari bu orol mehmonlarni turli-tuman sayr-tomoshalar: jip-safari, suv osti bog’i, akulalarni boqish, toshbaqalar egallagan ko’rfaz va boshqalar bilan xursand qiladi. Bora-Bora sohili yaqinidagi suv butun dunyoga mashhur. Ko’rfaz ko’plab «qoplon» dog’lari hosil qiladi. Otemanu tog’idan butun manzara to’laligicha ko’rinadi.

Sent-Jons, Karib

Dunyoning eng chiroyli orollari (+foto) 5

Bora-Boradan yaxshiroq joy yo’q deb o’ylayapsizmi? Sent-Djonga nima deysiz? Bu joyning afzalligi yovvoyi tabiatining ibtidoiy holdaligidadir. Bu yerda turizm endi rivojlanmoqda va ko’p kilometrga cho’zilgan turistik yo’nalishlar haligacha ilk sayyohlik hissini uyg’otadi.

Ambergris Ki, Beliz

Dunyoning eng chiroyli orollari (+foto) 6

Bu joy aniq «tyulenlar» hordig’i uchun emas. Bu yerda ajoyib quyosh va ummondan tashqari avvalo suv osti dunyosi hamda hayvonot va o’simliklar dunyosidan zavqlanish lozim. Hayratlanarli joyi yo’q, chunki yonida Beliz To’siqli Marjon qoyalari joylashgan. Ammo bu jannat burchagining asosiy diqqatga sazovor joyi – Katta Havorang teshik. Bu suv osti tikka g’ori, tepadan tubsizday ko’rinadi, aslida esa, chuqurligi 120 metr g’or ohakli moddalardan muz davrida hosil bo’lgan. Shunisi qiziqki, g’or vertikal o’rtasiga qarab kengayib borgan va uning shoxobchalarida stalaktitlar mavjud.  Jak-Iv Kusto bu orolni dayving uchun eng yaxshi joy deb ro’yxatga kiritgan.
Maui, Gavayi, AQSh

Dunyoning eng chiroyli orollari (+foto) 7

Bambuk o’rmonlar va ularning ichida yashiringan sharsharalar shuningdek, mahalliy oltin qum allaqachon go’zal tabiat shaydolarini e’tiborini o’ziga tortgan. Maui shimoliy-sharqiy sohili bo’ylari eng manzarili joylardan biri.

Ko Tao, Tailand 

Dunyoning eng chiroyli orollari (+foto) 8

Ko Tao orolida aytarli hech qachon yomon ob-havo bo’lmaydi. Bu orolda quyosh taxminan 300 kun charaqlab o’z nurlarini sochib turadi. Betakror sohillar, dengizda suzish, shaharning kundalik tashvishlaridan dam olish uchun eng qulay yer.
Bali, Indoneziya

Dunyoning eng chiroyli orollari (+foto) 9

Bali oroli butun dunyo sayyohlarining eng sevimli maskanlaridan biriga aylanib bo’lgan. Go’zal manzarali o’rmonlar, sharsharalar, muqaddas ibodatxonalar barcha romantiklarni o’ziga maxliyo qilib keladi.

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *