image0

O‘zgidromet 18-19 yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, shimolda yog‘ingarchilik qor shaklida, qolgan hududlarda asosan yomg‘ir shaklida kuzatiladi.

Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik faqat 19 yanvarda kuzatiladi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Kechasi va ertalab respublika bo‘ylab ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib turgan holda 7-10 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 18 yanvar kechasi va 19 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yengil o‘rtacha tezlikdagi shamol bo‘ladi. Havo harorati kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 4-7 daraja iliq bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zdidromet joriy yilning 18-22 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjudligi haqida tezkor ogohlantirish bilan chiqqandi.